O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tavsiya etilgan fransuz tili mutaxassislari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi va unda mutaxassislarning kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
Tomonlar, talabalarning muloqot kompetensiyalarini (communicative competence) rivojlantirish maqsadida debat va Speaking klublar tashkil qilish, kelishilgan holda fransuz filmlari namoyishi hamda Fransiya va Oʻzbekistonning bayramlariga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etish kabilarni amalga oshirishlari borasida kelishib olishdi.