2019 yilning 9 yanvarida Fransiyaning Serji-Pontuaz universitetining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Lyuk Del Armellina, fransuz tili mutaxassislari Loran Aleksandr va Per Moynarlardan iborat delegatsiya O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida fransiyalik vakillar universitetning axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi (Innovatsion markaz) direktori U.Azizov bilan uchrashdi.
Shuningdek, tashrif chog‘ida fransiyalik vakillarning O‘zDJTU rektori G‘.Raximov bilan rasmiy uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiyaga tashrifi hamda istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, O‘zDJTUda fransuz tilio‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha Serji-Pontuaz universitetining filialini tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.