FRANSUZ TILI O‘QITUVCHILARI TAQDIRLANDI

03.04.2019

Fransiya elchixonasi Madaniy va texnik hamkorlik bo‘limi tanlovda ishtirok etgan 40 nafar nomzod ishlarini o‘rganib chiqib, to‘rtta g‘olib o‘qituvchini aniqladi. G‘oliblar joriy yil iyul oyida Monpelye shahridagi «Accent Français» til markazida ikki haftalik malaka oshirish kursiga yo‘llanma bilan taqdirlanishadi.

G‘oliblar quyidagilar:

  • Elyor Ukkiyev, Bo‘stonliq tuman 19-son o‘rta umumta’lim maktabi fransuz tili o‘qituvchisi;
  • Shahnoza Xolova, Vobkent tuman 21-son o‘rta umumta’lim maktabi fransuz tili o‘qituvchisi;
  • Husanbek Jumaniyazov, Urganch Davlat universiteti qoshidagi akademik litsey fransuz tili o‘qituvchisi;
  • Shahnoza Qahhorova, Navoiy pedagogika instituti fransuz tili o‘qituvchisi.

Tanlab olingan ishlarda «O‘zbekistondan juda uzoq va o‘zbek madaniyatidan o‘zgacha bo‘lgan yurt tilini o‘rganishga o‘quvchilarda qanday qilib ishtiyoq uyg‘otish mumkin?» mavzusida fikr yuritgan o‘qituvchilar, xususan, guruh bo‘lib ishlash, og‘zaki nutqni rivojlantirish, asliyatdagi til o‘rganish vositalaridan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kabi usullarni ilgari surishgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × 3 =