Fransiyaning Bezanson shahrida Fransiyalik mashhur yozuvchi Viktor Gyugo qalamiga mansub she’r qo’lyozmasi, Gyugo nomidagi kollejni tozalash ishlari paytida topib olindi.
«Biz hujjatlarni tartibga solish va arxivni qaytadan ro’yxatdan o’tkazishga qaror qildik. Natijada xodimlarimiz arxiv hujjatlari va buxgalteriya hisoblari saqlanuvchi javonlar orasidan shaxsan Viktor Gyugo qo’li bilan yozilgan va imzo qo’yilgan she’riy asarga duch kelishdi», – deb yozadi o’quv muassasasi direktori Jan-Jak Fito.
Mutaxassislaning aytishicha, V.Gyugo «Bechora bolalar» nomli ushbu she’rini 1837-yilda yozgan va u «Ichki tovushlar» to’plamida nashrdan chiqqan.
Batafsil: www.lefigaro.fr
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.