“FULBRIGHT – 2020: XORIJIY TILLARNI O’QITISH ” DASTURI BO’YICHA TANLOV E’LON QILINDI

04.07.2019

Amerika Qo’shma Shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi “Fulbright – 2020: xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha assistent-yordamchi” (Foreign Language Teaching Assistant: FLTA) dasturi uchun tanlov e’lon qiladi.

Dastur haqida umumiy ma’lumot

Fulbright FLTA dasturi  bu – diplomsiz to’qqiz oylik dastur bo’lib, u ingliz tili o’qituvchilariga o’z malakasini oshirish, ingliz tilini bilish darajasini yanada mustahkamlash va Amerika Qo’shma Shtatlarining jamiyat va madaniyati haqidagi bilimlarini kengaytirish, eng muhimi o’zbek tilini AQSh talabalariga o’rgatish va AQSh kollejlari hamda universitetlarida xorijiy tillarni o’rganishni kuchaytirish imkonini beradi.*

Amerikada tadqiqot olib borishni xohlovchilar, jurnalistika sohasida faoliyat yurituvchi, shuningdek, Amerika/ingliz adabiyoti o’qituvchilari bo’lgan nomzodlar ham shaxsiy asosda ko’rib chiqiladi.  Dastur yakunlangach, ishtirokchilar o’z mamlakatlarida kasbiga qaytishiga tayyorgarlik ko’rish doirasida o’zlarining o’qitish qobiliyatlarini yaxshilash, ingliz tilini bilish darajasini oshirish, amerikalik talabalar uchun o’zbek tilini o’rgatish va AQShda xorijiy tillarni o’rganishni mustahkamlash uchun yordamchi sifatida xizmat qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.  FLTA Fulbright ishtirokchilari, shuningdek, suhbat guruhlari, darsdan tashqari tadbirlar va jamoatchilik ishtirokidagi loyihalarda ham ishtirok etishlari mumkin.

FLTA Fulbright dasturining granti 2020-yil avgustidan 2021-yil may oyiga qadar bir o’quv yili mobaynida davom etadi.

* Tanlangan nomzodlar AQSh talabalariga o’zbek tilini o’rgatadi. Intervyular davomida o’zbek tili va ingliz tili bilimdonligi sinovdan o’tkaziladi.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

* Yetti yildan kam bo’lmagan o’qituvchilik tajribasiga ega bo’lish;

* Tegishli sohalarda ingliz tili o’qituvchilari bo’lib faoliyat yuritish (Amerikada tadqiqot olib borishni xohlovchilar, jurnalistika sohasida faoliyat yuritayotgan, shuningdek, Amerika/ingliz adabiyoti o’qituvchilari bo’lgan nomzodlar ham alohida asosda ko’rib chiqiladi).

* 2020-yil 1-iyunga qadar bakalavr darajasiga ega bo’lishi;

* Nomzodlik va tanlov jarayoni davomida o’z mamlakatida yashash.

Dastur tugagandan so’ng, FLTA Fulbright ishtirokchilari o’z vatanlariga qaytib kelishlari kerak.

Arizalarni topshirishning so’nggi muddati: 2019-yil 15-iyul (O’zbekiston vaqti bilan 18.00ga qadar)

Batafsil ma’lumot uchun: uz.usembassy.gov

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × three =