GARVARD UNIVERSITETI MUTAXASSISI ISHTIROKIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

23.12.2024

Kuni kecha Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Garvard universiteti taʼlim siyosati va dasturlarini baholash boʻyicha mutaxassisi Djonatan Seydan ishtirokida oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda tinglovchilarga xalqaro MELQO baholash tizimi asosida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash boʻyicha maʼlumot berildi.

Shuningdek, ushbu baholash vositasi asosida tarbiyalanuvchilar, pedagoglar, tashkilot direktori, ota-onalardan soʻrovnomalar olish hamda guruhni kuzatish orqali baholash boʻyicha tushunchalar berildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 + 15 =