GERMANIYA XALQARO HAMKORLIK JAMG’ARMASI EKSPERTI O’zDJTUGA TASHRIF BUYURDI

28.10.2019

Bugun, 28-oktyabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Germaniya xalqaro hamkorlik jamg’armasi (SES) eksperti Beate Rattey-Furstl xonim tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Beate Rattey-Furstl xonim O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori G’anisher Raximov boshchiligidagi rahbar-xodimlar bilan uchrashdi.

Suhbat davomida tomonlar ta’lim sohasiga oid bir qator masalalarni muhokama qildilar. Jumladan, DAAD granti asosida «Qishki maktab» loyihasini amalga oshirish, loyiha doirasida germaniyalik talabalarni 2020- yil mart-aprel oylarida O’zDJTUga tashrifini uyushtirish, nemis tili bo’yicha o’quv rejalar va dasturlarni birgalikda takomillashtirish masalalari ko’rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar Konstats amaliy fanlar universiteti bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida Turizm fakultetini ochishga oid loyihani muhokama qildilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − two =