GERMANIYALIK HAMDA GERMANIYANING TURLI UNIVERSITETLARIDA TAHSIL OLAYOTGAN XALQARO TALABALAR UCHUN MAKTAB TASHKIL ETILDI

07.03.2023

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Germaniya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan birinchi marta tashkil etilayotgan  «Samarqand – madaniy, diniy hamda iqtisodiy manfaatlar chorraxasi» nomli xalqaro qishki maktab 21 nafar xorijlik ishtirokchilarini qabul qildi. Qishki maktab  Germaniyaning DAAD tashkiloti bilan hamkorlikda, asosan, Germaniyalik hamda Germaniyaning turli universitetlarida tahsil olayotgan xalqaro talabalar uchun tashkil etilmoqda.

6-martdan 24-martgacha davom etadigan ushbu maktabda xorijlik talabalar o’zbek tili, o’zbek madaniyati, O’zbekiston tarixi va iqtisodiyoti, shuningdek, rus tilidan boshlang’ich bilimlarni olishadi.  Barcha darslar, seminarlar va ma’ruzalar Samarqand davlat chet tillar instituti o’qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Ma’lumot uchun Samarqand davlat chet tillar instituti deyarli har yili avgust-sentabr oylarida ayni shu mazmundagi «Yozgi maktab» faoliyat olib boradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × one =