GERMANIYANING TOSHKENTDAGI ELCHIXONASI FOTOTANLOV E’LON QILDI

07.02.2020

Germaniya elchixonasi «Vatanim tabiati» mavzusiga bag’ishlangan fotosuratlar tanlovida ishtirok etishga taklif qilmoqda.

Materiallar belgilangan mavzuda fotosurat hamda uning tagida 2-3 gapdan iborat izoh ko’rinishida jo’natilishi lozim.

Tanlovda 12 yoshdan katta bo’lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchining nomi, yoshi, ta’lim muassasasi hamda telefon va elektron pochta manzilini.ko’rsatgan holda, tabiatning dolzarb fotosuratlarini yuqori aniqlikda (maksimal 4 MB) yuborish talab etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ariza yuborish bilan ishtirokchilar o’z muallifliklaridagi fotolardan jamoaviy maqsadlarda foydalanishga rozi ekanliklarini tasdiqlaydilar.

Materiallar ichidan saralab olingan 53 eng yaxshi fotosuratlardan 2021-yil uchun ish stoli taqvimi ishlab chiqariladi. Ushbu 53 fotosuratlar orasida 3 maxsus fotosuratlar maxsus sovg’alar bilan taqdirlanadi.

Fayllarni elektron pochta manziliga yuborishning so’nggi muddati: 2020-yil 30-aprel.

Elektron manzil: ku-101@tasc.diplo.de

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 4 =