GIBRID FORMATIDAGI BIR HAFTALIK SEMINAR: «MINT-CAMP»

21.06.2021

Gyote-Instituti ilk marotaba gibrid formatidagi (oflayn va onlayn uyg‘unligida) «MINT-Camp» mavzusida bir haftalik seminarni bugun, 21-iyun kunidan boshladi.

Ushbu seminar nemis tili o‘qitivchilari uchun mo‘ljallangan bo’lib quyidagi mazmunni o‘z ichiga oladi:

«MINT (Mathematik, Informatik, Naturwissenschaften, Technik)» qisqartmasi matematika, informatika, tabiiy fanlar va texnika sohalarini bildiradi.

 Agar xorijiy tildan tabiiy va aniq fanlarda qo’shimcha foydalanilsa, o’quvchida chet tilida muloqot qilishi uchun qo’shimcha imkoniyat paydo bo’ladi. Ma’lumki, til o’rganishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan chet tili darslarining davomiyligi va intensivligiga bog’liq.

Chet tili darslarida fanlar bilan bog’lab o’rganishning turli usullari mavjud. Bir vaqtning o’zida ikkita o’qituvchi, fan va til o’qituvchisi ishtirok etadigan dars shaklidir. Ular darsga birgalikda tayyorlanibgina qolmay, balki fan va til o’rganish dars maqsadiga erishish uchun teng ravishda harakat qiladilar.

CLIL-darsi bolalar va o’smirlarning amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun ko’plab imkoniyatlarni taklif etadi. Tajriba, hunarmandchilik, mini rolli(Rollenspiel) o’yinlar, dialoglardan foydalangan holda harakatga yo’naltirilgan yondashuv bolalar va o’smirlarga chet tilidagi murakkab fan mavzularini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Sana: 20–26-iyun 2021- yil

Ishtirokchilar: O’rta umumta’lim maktablar / akademik litseylar / kasb-hunar kollejlarda dars beradigan nemis tili o’qituvchilari taxminan 24 ta (2 guruh)

MAQSADI:

Malaka oshirish seminari doirasida siz CLIL (Content and Language Integrated Learning ) nima ekanligini bilib olasiz va quyidagi mavzularni tahlil qilasiz:

  Nemis tili darslarida xorijiy til hamda tabiiy va aniq fanni birlashtirish

  CLILni o’qitishning didaktik va uslubiy asoslari

  CLIL darslarining namunalari

  Gyote-Institutining CLIL- ta’lim loyihalari: «Digitale Kinder-Uni» va «Junior-Uni» bilan sinfdan tashqari     to’garaklarda  davomiy ishlash.

  Amaliy modellar: fan o’qituvchilari va nemis tili o’qituvchilari o’rtasidagi hamkorlik

KIM ISHTIROK ETISHI MUMKIN?

Agar Siz:

  o’rta umum ta’lim maktablar / akademik litseylar / kasb-hunar kollejlarda nemis tilidan dars bersangiz;

  fan va tilni o’qitish tayyorgarligini o’tishni xohlasangiz;

  CLIL darslaringiz uchun qiziqarli va kreativ g’oyalarni izlasangiz;

  o’z darsingizda yangi CLIL-metodlarini sinab ko’rishni xohlasangiz;

  boshqa nemis tili o’qituvchilari bilan fikr almashishni xohlasangiz;

  fan o’qituvchilari bilan kelajakda tandemda barqaror ishlashni hohlasangiz;

  Gyote institutining «Digitale Kinder-Uni» va «Junior-Uni» ta’lim loyihalari bilan maktab / akademik litsey / kasb-hunar kollejlarida darsdan tashqari to’garaklarda bardavom ishlashni  xohlasangiz;

  B1 dan kam bo’lmagan til bilim darajasiga ega bo’lsangiz.

Unda bu seminar aynan Siz uchundir!

Gyote-instituti Sizning seminarda ishtirok etish bilan bog’liq barcha safar xarajatlarini qoplaydi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × 5 =