GONGKONG INSTITUTI TALABALARI “O‘ZBEKISTON-XITOY MUNOSABATLARI” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATIDA QATNASHDILAR
15.07.20242024-yil 13-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Gongkong Zamonaviy Madaniyat Instituti talabalari va o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Xitoylik talabalar TDSHU «Yosh diplomatlar» klubi a’zolari va Xitoyshunoslik fakulteti talabalari o‘rtasida “O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, mehmonlar universitetda xitoy tilining o‘qitilishi, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.