HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI: INDONEZIYALIK OTM VAKILLARI O‘zDJTUDA

24.06.2019

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirmoqda. Mazkur hamkorlikning yangi bosqichi sifatida bugun, 24-iyun kuni bir guruh indoneziyalik OTM vakillarining universitetga tashrif buyurganini ko’rsatish mumkin.

Indoneziya ta’lim universiteti, Makassara universiteti, Surabaya universiteti, Djakarta universiteti, Malanga universitetlaridan kelgan indoneziyalik mehmonlar tashrifni universitet fakultetlari bilan tanishishdan boshladilar. Shuningdek, indoneziyalik vakillar O’zDJTUda tashkil qilingan “O’zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron jurnal va internet portal hamda “Innovatsion markaz” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so’ng mehmonlar O’zDJTU rektori G’anisher Raximov rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari, jumladan, O‘zDJTUda indonez tilini o‘qitish, jumladan, indonez tili o‘qituvchilarini ushbu mamlakatning nufuzli universitetlariga malaka oshirish uchun yuborish; indonez tili, ushbu tilni o‘qitish va mamlakatshunoslikka oid adabiyotlar bilan ta’minlash; Indoneziyaning nufuzli OTMlari bilan tillarni o‘qitish, tarjima, turizm va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish hamda universitetda indonez tili markazini ochish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga bag’ishlangan badiiy chiqishlar asosida tadbir ham tashkil etildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 − 8 =