HANKUK XORIJIY TILLAR UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YANADA KENGAYMOQDA

14.12.2023

Janubiy Koreyaning Hankuk xorijiy tillar universitetining mintaqaviy tadqiqotlar xalqaro markazi direktori janob Kang Jun Young boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi.

Unda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari hamda mehmonlar o’rtasida rasmiy uchrashuv o’tkazildi. Jumladan, uchrashuvda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar o’rtasida ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish bo’yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Delegatsiya vakillari institutda tashkil etilgan “Koreys tili va adabiyoti” markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.