HINDISTON ELCHISI BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

02.08.2024

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazdi.

Vazir Hindiston bilan oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarimiz uzoq yillik doʻstlik va keng madaniy aloqalar tamoyillari asosida shakllanganini taʼkidladi.

Xususan, hamkorlikdagi eng muhim yoʻnalishlardan biri doimo hind, bengal va urdu tillarini oʻrganish, Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi, madaniyati va adabiyoti boʻyicha tadqiqotlar, tibbiyot va axborot texnologiyalari hamda taʼlim ekanligiga alohida urgʻu berildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − 13 =