HINDISTON MADANIY ALOQALAR KENGASHI GRANTLAR TANLOVINI E’LON QILDI
04.12.2019Hindiston madaniy aloqalar Kengashi (ICCR) 2020-yilda Hindistondagi universitetlarda O’zbekiston fuqarolariga 20 ta ta’lim grantini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “El-yurt umidi” jamg’armasi.
Hindistonda oliy ta’lim olish uchun ingliz tilini bilish lozim bo’ladi.
Bakalavr yoki magistraturaga kirish uchun arizalarni topshirishning oxirgi muddati – 2020-yil 2-fevral, fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun – 2020-yil 16-avgust hisoblanadi.
Arizalarni topshirishdan oldin quyidagi ko’rsatmalar bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir: http://a2ascholarships.iccr.gov.in/assets/site/downloads/ICCR_UserManual.pdf
Grant va uning shartlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun: http://a2ascholarships.iccr.gov.in/
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.