20DAN ORTIQ MAMLAKAT VAKILLARI “ILM-FAN – YANGI O‘ZBEKISTONNING POYDEVORI” MAVZUSIDAGI XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETISHDI
14.12.2023Fanlar akademiyasi tashkil etilganligining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Ilm-fan-yangi O‘zbekistonning poydevori” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Unda AQSH, Rossiya, Mongoliya, Xitoy, Belorusiya, Turkiya, Gruziya, Hindiston, Ozarbayjon, Tatariston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron va boshqa davlatlardan kelgan xalqaro miqiyosdagi yirik olimlar, o‘zbek ilm-fani darg‘alari, akademiklar, turli sohalarning yetuk mutaxassislari ishtirok etadi.
Yalpi majlisda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazir o‘rinbosari Shahlo Turdikulova so‘zga chiqib, davlat ilmiy dasturlari moliyalashtirilishi bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.
Xususan, 2019–2023-yillar davomida Davlat ilmiy dasturlari doirasida umumiy qiymati 377,6 mlrd so‘m bo‘lgan 237 ta ilmiy loyiha moliyalashtirilgan. Shundan umumiy qiymati 190,9 mlrd so‘m bo‘lgan 129 ta amaliy, umumiy qiymati 36,2 mlrd so‘m bo‘lgan 35 ta innovatsion, umumiy qiymati 150,1 mlrd so‘m bo‘lgan 72 ta fundamental va umumiy qiymati 0,5 mlrd so‘m bo‘lgan 1 ta tajriba-konstruktorlik loyiha moliyalashtirilgan.
Davlat ilmiy dasturlari doirasida 2019–2023-yillar davomida moliyalashtirilgan jami loyihalarning 21 foizni tashkil qiladi. Jumladan 2023-yil noyabr oyi holatiga umumiy qiymati 108,6 mlrd so‘m bo‘lgan 106 ta ilmiy loyiha yakunlangan. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 194 nomda umumiy qiymati 15 mln AQSh dollari bo‘lgan jihozlar Fanlar akademiyasi institutlariga xarid qilinib, olib berilgan.