ILMIY-AMALIY ANJUMAN: ROMAN VA GERMAN TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI

27.05.2020

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tomonidan 2020-yil 4-iyul kuni “Roman va german tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilmoqda.

         Konferensiyada quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

1-shoʻba.  Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarning roli

2- shoʻba.  Adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari

3-shoʻba. Kommunikativ, pragmatik va kognitiv tilshunoslikning dolzarb masalalari

4- shoʻba.  Tilshunoslikning lingvomadaniy, gender va etnolingvistik muammolari

5- shoʻba.  Og‘zaki va yozma tarjimaga o‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning roli

Konferensiyaga maqolalar 2020-yil 25-iyunga qadar qabul qilinadi.

Maqolalar elektron yoki qog‘oz shaklida quyidagi manzilga (elektron pochtaga) jo‘natiladi: Toshkent shahar, Muqimiy ko‘chasi, 104-uy, Roman-german filologiyasi fakulteti. 

E-mail:  yakubov1955@mail.ru ;   nishonov_69@mail.ru

Batafsil ma’lumot uchun:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five + one =