ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA: O‘ZBEKISTON TARJIMASHUNOSLARI FORUMI – 2020
07.10.2020Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 56-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2020-yilda xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 13-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2020-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №116-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2020-yil 11-dekabr kuni “O‘zbekiston tarjimashunoslari Forumi – 2020” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Forum tarjimashunoslik tarixi, tarjimachilikning rivojlanish tamoyillari, tarjima stilistikasi va tanqidi, tahrir, badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, zamonaviy nasr va she’r tarjimasi muammolari, muallif uslubini qayta yaratish, sinxron tarjima sohasini rivojlantirish, ilmiy-texnikaviy va publitsistik matnlar tarimasi muammolari; o‘zbek adabiyoti namunalarini sharq xalqlari tillariga tarjima qilish, shuningdek, sharq tillaridan o‘zbek tiliga badiiy tarjimani amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb muammolar hamda bu borada erishilgan yutuqlar doirasida mutaxassislarning tajriba va fikr almashuvini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Respublikamiz miqyosida tarjimashunoslik, tarjima nazariyasi, amaliyoti va tanqidi yo‘nalishida izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, soha mutaxassislarini konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishga taklif etamiz:
- Tarjimashunoslik tarixi va XX asr ikkinchi yarmi tarjimachiligining rivojlanish tamoyillari;
- Tarjima stilistikasi va tanqidi hamda tahrir masalalari;
- Zamonaviy nasr va she’riy tarjima muammolari;
- Madaniyatlararo muloqot va badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari;
- O‘zbek adabiyoti namunalarini sharq xalqlari tillariga va sharq adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishning dolzarb masalalari;
- Sinxron, ketma-ket va ilmiy-texnikaviy tarjima sohalarini rivojlantirish masalalari;
Muallif maqolaning qaysi yo‘nalishga oidligini aniq yozishi lozim.
Maqolalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
5-6 bet hajmda, 1 intervalda, (chapdan 3 sm, yuqoridan 2,0 sm, quyidan 2,0 sm, o‘ngdan 1,5 sm) kompyuterning Microsoft Word muharriri, Times New Roman dasturida 14 o‘lchamli shriftda yozilishi; sarlavhalar bosh harflarda, undan 1 intervaldan so‘ng muallifning ismi va familiyasi to‘liq, ilmiy unvoni va ilmiy darajasi, ish joyi (tashkilot, bo‘lim, kafedra nomi) va egallagan lavozimi, elektron adresi va telefon raqami keltiriladi. Maqolalarda manbalarga havolalar [ ] da matn ichida qo‘yilib, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi raqam asosida ko‘rsatilishi shart (Masalan, [7, 128.]):
[7] – Salomov G‘., Rus tilidan o‘zbekchaga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish masalasiga doir. – T.: Fan, 1961.
Maqolalar 2020-yilning 31-oktyabriga qadar elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga yuborilishi lozim. Yuqoridagi talablarga javob bermagan va ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.
Konferensiyaga jo‘natiladigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilib, nashrga tavsiya etilgach, 10.11.2019 sanasiga qadar har bir sahifasi uchun 20000 so‘mdan to‘lanadi va materiallar alohida kitob shaklida nashr qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 25. TDSHU asosiy binosi. 7-qavat, Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi.
Murojaat uchun tel:
N.Xodjayeva – kafedra mudiri: +998946442799 – e-mail: nilufarkhodjaeva@gmail.com;
X.Hamidov – kafedra dotsenti: +998909600623 –e-mail: hamidovx@gmail.com;
R.Sharipov – kafedra dotsenti: +998 99 8195104.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.