Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining xolis taqrizlanadigan ilmiy jurnallarning birinchi raqamlashtirilgan platformasi – Uzbekistan Research Online yaratildi.
Platformadagi ilmiy jurnallar xalqaro texnik standartlar talablariga javob beradi va yurtimiz olimlarining ilmiy maqolalarini jahonning yetakchi 700 ta universitetlari tomonidan foydalaniladigan Digital Commons Network butunjahon tarmog‘iga kiritiladi.
Platforma xalqaro ilmiy jamoatchilikni o‘zbekistonlik olimlarning ilmiy tadqiqotlari bilan tanishish imkonini yaratib, O‘zbekiston olimlarining Yale, Purdue yoki Duke kabi universitetlar bilan bir qatorda xalqaro ilmiy muloqot maydoniga kirishlari uchun ravon yo‘l ochib beradi.
Platformani yaratilishi O‘zbekiston universitetlarning ilmiy jurnallari SCOPUS ilmiy-texnik axborotlar xalqaro bazasiga kirishi sari tashlangan dastlabki qadamdir.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.