ILMIY UNVONLAR BERISH OTM VA ITMLARGA O‘TKAZILADI — OAK

06.02.2020

Kuni kecha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatidagi ustuvor vazifalar” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, oldinda turgan vazifalar haqida aytib o‘tildi.

Xususan, attestatsiya sohasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari mustaqilligiga erishish uchun dotsent, katta ilmiy xodim va professor ilmiy unvonlarini berish vakolati tajriba tariqasida reytingi yuqori bo‘lgan 30 ta OTMga hamda Fanlar akademiyasi tavsiyasi asosida ITM kengashlariga beriladi.

Shuningdek, elektron hujjat aylanish tizimini attestatsiya jarayoniga joriy etish uchun 5 ta dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Bular:

  • ilmiy darajalar uchun attestatsiya ishlari;
  • ilmiy unvonlar uchun attestatsiya ishlari;
  • ilmiy kengashlar, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari kengashlari bilan yozishmalar;
  • ilmiy kengashlarning Oliy attestatsiya komissiyasi veb-saytidagi yagona portali;
  • amaldagi dissertatsiya ekspertizasi bilan bir qatorda dissertatsiya matnini Internet tarmog‘iga joylashtirish orqali ilmiy jamoatchilikning elektron ekspertizasi.

Bundan tashqari, ilmiy natijalarni chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxati bekor qilinadi. Bundan maqsad barcha nashrlarga teng sharoit yaratishdir.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten + thirteen =