INDONEZIYA ELCHISI O’zDJTUGA TASHRIF BUYURDI

12.06.2019

Bugun, 12 iyun kuni Indoneziya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sunario Kartadinata janoblari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida elchi janobi oliylari universitet rektori G.Raximov bilan uchrashdi.

Samimiy o’tgan suhbat davomida, tomonlar ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr almashishdi.

Shu kunning o’zida, O’zDJTUda indonez tilini katta qiziqish bilan o’rganib kelayotgan talabalar o’rtasida Zakovat hamda Badiiy drama bellashuvlari bo’lib o’tdi.

Bellashuv O’zbekistondagi Indoneziya elchixonasi hamda O’zDJTU hamkorligida tashkil etilgan bo’lib, unda Indoneziyadan O’zbekiston OTMlariga jalb qilingan mutaxassislar, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir so’ngida g’oliblar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar. Shungdek, indonez tilini turli fakultetlarda o’rganib kelayotgan barcha talabalarga esdalik sovg’alari topshirildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen + 4 =