‘INDONEZIYA OLIY TA’LIM MILLIY AKKREDITATSIYA AGENTLIGI’ BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI

18.11.2023

2023-yil 18-noyabrda Indoneziya oliy ta’limni akkreditatsiya qilish milliy agentligi va O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti o’rtasida o’zaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Agentlik rahbari Muhlas Samani, shuningdek, Indoneziyaning bir qator oliy o’quv yurtlari rektorlari va prorektorlari O’zDJTU rektori I. Tuxtasinov boshchiligidagi universitet rahbariyati bilan suhbatlashdilar.

Tomonlar almashinuv dasturlarini amalga oshirish, qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish, ilmiy tadqiqotlar, sayyohlik yo’nalishini rivojlantirish bo’yicha hamkorlik yuzasidan muzokara olib bordilar.

Ban-PT nomi bilan mashhur bo’lgan Indoneziya milliy oliy ta’limni akkreditatsiya qilish agentligi (Badan Akreditasi Nasional Perguruan Tinggi) mustaqil baholash agentligi bo’lib, uning asosiy maqsadi milliy ta’lim standartlariga asoslanib, oliy ta’lim darajasida dastur va o’quv bo’linmasining yuksak darajada ekanligi to’g’risida qaror qabul qilishdir.