Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi “Polyglot Indonesia” o‘quv klubida O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi tashabbusi bilan o‘zbek tili va madaniyati mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi. Birinchi dars 15 sentyabrda tashkil etilib, unda talabalar, tadqiqotchi olimlar, biznes doira va keng jamoatchilik vakillari ishtirok et
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga yurtimiz tarixi, madaniyati, adabiyoti, ziyorat turizmi salohiyati haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, tinglovchilar o‘zbek milliy oshxonasi bilan yaqindan tanishdi.
– 1997-1998 yillarda ilmiy maqsadda O‘zbekistonda bo‘lganman, – deydi amerikalik tadqiqotchi Skott Xartmann. – O‘shandan buyon 20 yil o‘tdi. Bugungi darsda yurtingiz haqidagi video va foto materiallar bilan tanishib, yaqin kunlarda bu diyorga yana borishga qaror qildim. O‘zbek madaniyati, milliy taomlarini juda sog‘inganman.
Birinchi mashg‘ulot yakunida o‘zbekcha iboralarni yod olgan tinglovchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mamlakatimizning Indoneziyadagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Polyglot Indonesia” klubida yo‘lga qo‘yilgan o‘zbek tili o‘quv kursi birinchi mashg‘ulotdanoq 70 nafardan ziyod tinglovchini qamrab olgan.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.