INDONEZIYANING ISLOM MALANG UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
17.09.2019O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda. Ana shu aloqalarning uzviy davomchisi sifatida bugun, 17-sentabr kuni O’zDJTUda bo’lib o’tgan Indoneziyaning Islom Malang universiteti vakillari bilan uchrashuvni keltirish mumkin.
Indoneziyalik mehmonlar Islom Malang universiteti rektori Maskuri Bakri, Islom Malang universitetining moliya ishlari bo‘yicha prorektori Nur Sodiq Askandar, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Imam Vaxudi Karimulla, O‘zbekistondagi Indoneziya elchixonasi vakili Pak Andrilar O’zDJTU rektori G’anisher Raximov boshchiligidagi universitet vakillari bilan ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qildilar.
Jumladan, ikki tomonlama Shartnoma doirasida: talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish; indonez tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish; ikki universitet o‘rtasida xalqaro konferensiyalar tashkil qilish; Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish; hamkorlikda darslik yaratish yuzasidan muzokaralar va kelishuvlar olib borildi.
Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish kerakki, indonez tili O’zDJTUda ikkinchi til sifatida 1998-yildan beri o’rgatib kelinmoqda. Shuningdek, universitetimiz Indoneziyaning Gunadarma universiteti bilan ham hamkorlikni yo’lga qo’ygan bo’lib, ikki tomonlama Anglashuv Memorandumi imzolangan.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.