INGLIZ TILI FANIDAN O’QUVCHILAR O’RTASIDA II BOSQICH TUMAN OLIMPIADASI BO’LIB O’TDI

09.01.2020

2020-yilning 3-7-yanvar kunlari Toshkent shahrining Mirzo Ulug’bek tumanida umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o’quvchilari o’rtasida barcha fanlardan II bosqich tuman olimpiadasi bo’lib o’tdi.

275-maktabda bo’lib o’tgan tuman olimpiadasida tumandagi barcha umumta’lim maktablari va ixtisoslashgan maktablarning 1-bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar ishtirok etib, o’z bilimlarini yana bir bora sinovdan o’tkazdilar.

Barcha fanlardan olimpiada adolatli tarzda bo’lib o’tdi, o’z kasbining professionallari tomonidan baholandi. Jumladan, 11-sinf o’quvchilari o’rtasida ingliz tili fanidan bo’lib o’tgan olimpiada xususida gapiradigan bo’lsak, uning hakamlar hay’ati tarkibi tuman maktablarida faoliyat yuritayotgan eng faol, tajribali, malaka toifasiga ega o’qituvchilardan tashkil topgan. Ingliz tili olimpiadasida 43 nafar 11-sinf o’quvchilari ishtirok etdi. Olimpiada 3 tur doirasida: 1-tur — insho yozish (essay); 2-tur — test; 3-tur — og’zaki shaklda tashkil qilindi.

Natijalar esa quyidagicha bo’ldi: 1-o’rin – 223-maktabning 11-sinf o’quvchisi M. Omonova (jami 89 ball); 2-o’rin – 121-maktabning  11-sinf o’quvchisi S. Omonjonova (jami 88 ball); 3-o’rin – 208-maktab o’quvchisi P. Medvedeva (jami 84 ball).

Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, 2-bosqich ingliz tili olimpiadasi ishtirokchilarining barchasi ingliz tilida a’lo darajada yozish va so’zlashish ko’nikmalariga ega ekanligi olimpiadani haqiqiy sinov maydoniga aylantirdi.

Mahbuba Fazliddinovna RO’ZIYEVA,
11-sinf o’quvchilari uchun tuman olimpiadasining
ingliz tili fanidan hakamlar hay’ati raisi

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Shahrizod
    #1 Shahrizod 31 Yanvar, 2020, 14:49

    Hakamlar hay’ati rasiga savol:
    11 sinf o’quvchilaring ingliz tilida bilim savyasi qanday darajada deb uylaysiz?

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 2 =