INGLIZ TILI O’QITUVCHILARI UCHUN XALQARO KONFERENSIYA BO’LIB O‘TMOQDA
13.10.2023Samarqand davlat chet tillar institutida AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Increasing language practice in every lesson” mavzusida xalqaro anjuman o’tkazilmoqda.
Unda AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi Markaziy Osiyo hududiy Ingliz tili markazi rahbari, Ta’lim va madaniyat bo’limi xodimlari, respublikamizning turli viloyatlarida faoliyat olib borayotgan AQSHlik mutaxassislar hamda Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari ishtirok etmoqda.
Anjuman yalpi majlis hamda uch bosqichli amaliy sho‘balardan tashkil topib, yalpi majlisdan keyingi amaliy bosqichlarida xorijiy mutaxassislar ishtirokida ingliz tili o’qitish metodikasining zamonaviy masalalariga bag’ishlangan mahorat darslari tashkil etiladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.