“INNOTEXNOPARK” BINOSIDA XITOY UNIVERSITETLARI KOʻRGAZMASI BOʻLIB OʻTDI

12.12.2023

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Innotexnopark” binosida Xitoy universitetlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Unda Xitoy tomondan ushbu davlatning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi, taʼlim vazirligi vakillari, 40 dan ortiq universitetlar rektor hamda prorektorlari, Oʻzbekiston tomondan esa manfaatdor vazirlik va idoralar mutasaddilari, 100 dan oshiq davlat hamda xususiy oliy taʼlim muassasalari rahbar va masʼullari ishtirok etdi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova ochib, kelgan mehmonlarni samimiy qutladi.

 Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi Xitoy stipendiyalar Kengashi bosh kotibining o‘rinbosari Tyan Lulu xonim so‘z olib, ushbu ko‘rgazmada ishtirok etish uchun O‘zbekistonga Xitoydan 44 ta universitetdan 80 dan ortiq vakillar tashrif buyurganini alohida qayd etdi.

Koʻrgazmadan koʻzlangan asosiy maqsad Xitoyda oʻqish istagidagi yoshlarni XXR universitetlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat boʻldi.