INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGI OLIMLARGA YUQORI REYTINGGA EGA ILMIY JURNALLARDA MAQOLA CHOP ETISHGA KO‘MAKLASHADI

14.08.2019

Innovatsion rivojlanish vazirligi olimlarning ilmiy maqolalarini yuqori reytingga ega ilmiy jurnallarda chop etishga ko‘maklashish maqsadida “Proofreading Service” xizmatini taqdim etadi.

Proofreading – bu olimlar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqola matnini yuqori reytingga ega bo‘lgan jurnallar talablariga muvofiq tahrir qilish, yozma ingliz tili matnini yaxshilash, orfografik va grammatik xatolarni bartaraf etish, belgilangan texnik talablarga moslashtirish xizmati. 

Ilmiy maqolalar ilmiy maqola chop etilishi rejalashtirilayotgan yuqori reytingga ega ilmiy jurnal(lar)ning texnik talablariga mos tarzda rasmiylashtirilgan holda Innovatsion rivojlanish vazirligiga Microsoft Word (.doc yoki .docx) formatida ingliz tilida proofreading@mininnovation.uz elektron manziliga taqdim etilishi lozim.

Maqolada muallifining F.I.Sh., ish joyi va lavozimi, telefon raqami va elektron pochta manzili ko‘rsatilishi lozim.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan barcha talablarga muvofiq qabul qilingan ilmiy maqola(lar) bir oy muddatda “Proofreading Service” xizmatini ko‘rsatuvchi xalqaro tashkilotlarga yuboriladi.

Batavsil ma’lumot uchun havolani bosing.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × 3 =