INNOVATSION VA AMALIY LOYIHALAR TANLOVINING 18-TURI QAYTA E’LON QILINDI

03.03.2020

Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilishi ikki yilga mo’ljallangan innovatsion hamda uch yilga mo’ljallangan amaliy loyihalar tanlovining 18-turini quyidagi fan yo’nalishlari bo’yicha qayta e’lon qiladi.

  1. Kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar fanlari.
  2. Qishloq xo’jaligi va atrof-muhit muhofazasi fanlari.
  3. Tarix va ijtimoiy fanlar.
  4. Texnika fanlari.

Tanlov shartlari.

Amaliy va innovatsion ilmiy-texnik loyihalar bo’yicha tanlovlar muntazam e’lon qilib boriladi.

Ilmiy-texnik tadqiqotlar tanlovi topshiriqlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Prezidentning respublika hududlariga tashriflari, ma’ruza va nutqlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va yig’ilish bayonnomalari topshiriqlari hamda davlat, xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari taklif hamda tavsiyalaridan kelib chiqib, respublika iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari va vazifalari asosida shakllantirilgan.

Taqdim etilgan loyihalar  www.fan-portal.uz veb-sahifa orqali elektron ro’yxatdan o’tkazilishi shart. Elektron ro’yxatdan o’tmagan, tanlov mavzusidan tashqari mavzularda tayyorlangan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

Qog’oz shaklda taqdim etilgan loyihalar ilmiy-tadqiqot institutlari ilm-fan bo’yicha direktor o’rinbosarlari, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektorlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari   imzolagan yo’llanma xati asosida qabul qilinadi.

Loyiha matni A4 formatdagi standart qog’oz varag’ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida 1,15 qator oralig’ida yozilishi lozim. Har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o’ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo’lishi lozim.

Matnni kompьyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 12 o’lchamli shriftda «Misrosoft Word» matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Betlar titulь varag’idan boshlab oxirgi varaqqacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o’ng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titulь varag’iga 1 raqami qo’yilmaydi.

Loyiha har bir talab qilingan hujjati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi.

Loyiha rahbari va ishtirokchilarining mezonlarda talab qilingan ilmiy ishlar ro’yxati (oxirgi 3 yil davomidagi nashrlar quyidagi xronologik tartibda keltirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi: monografiya; patent; ilmiy maqola; ilmiy to’plamlar va boshqa nashr ishlari) 3.4-shaklga qat’iy rioya qilingan holda rasmiylashtiriladi va muallif, ilmiy kotib tomonidan imzolanadi hamda tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.

Elektron ro’yxatdan o’tkazilgan loyihalar 2020 yilning 1 apreliga qadar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha vazirlik binosida qabul qilinadi.

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko’chirmachilikka (plagiat) yo’l qo’yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi bo’yicha dastlabki texnik ekspertizadan o’tkaziladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan so’ng to’liq tijoratlashtirilishi shart.

Taqdim etiladigan loyihalarga tegishli vazirliklardan loyiha mavzusi, uning bajarilishi va undan kutilayotgan natijalar O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarmoq va sohalarini rivojlantirish uchun zarurligi ta’kidlangan hamda tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashlari tomonidan tavsiya etilganligi haqidagi qaroridan ko’chirma ilova qilinishi lozim.

Tanlov o’tkazilishining ob’ektivligi, adolatliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida loyihalarni qabul qilish, ekspertizasini amalga oshirish, maxsus belgilangan xonalarda videokuzatuv vositalari (kameralar) orqali yozib olinadi.

Taqdim etilgan loyihalardagi ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi hamda tanlov g’oliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to’la va o’z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori tashkilotlar mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.

Belgilangan muddatda fan yo’nalishlari bo’yicha elektron va qog’oz shakllarda taqdim etilmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi. Tanlovga bitta loyiha kelib tushgan taqdirda qayta tanlov e’lon qilinadi va natijasi bo’yicha agar loyiha kelib tushmasa, dastlab kelib tushgan loyiha rahbari bilan muzokara o’tkazilib, salohiyatiga ko’ra ITKga chiqariladi.

Dastlabki texnik ekspertizadan o’tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning natijalari to’g’risidagi ma’lumot www.mininnovation.uz veb-saytida “Tanlovlar” ruknining “natijalar” interfaol xizmati orqali e’lon qilinadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlovga taqdim etilgan loyihalar va ularning natijalari to’g’risida individual ma’lumot berishga majbur emas.

www.fan-portal.uz veb-sahifasi orqali elektron ro’yxatdan o’tkazilishi bilan bog’liq texnik muammolar yuzasidan savollar: (71) 203-32-23 (620, 621) – Axborot texnologiyalarini joriy etish bo’limi.

Manba: mininnovation.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three + six =