INTERNET OLAMIDA MASHHUR BO’LISHNI XOHLAYSIZMI?

01.04.2021

Yangi so’rov shuni ko’rsatadiki, odamlar virusli sensatsiyalarga aylanishdan unchalik xavfsiramaydilar.

Tyler Oakleydan to Rueben de Maid, Brooklyn va Bailey va Chevbacca Mom nomi bilan tanilgan, 164 million marotaba tomosha qilingan videoda samimiyligi va kulgisi ko’plab amerikaliklarning yuragini o’g’irlagan Miss Kendas Peynni kim unutishi mumkin?

Yaqinda «Jimmi Kimmel Live» ni tomosha qilgan mehmon o’z segmentlaridan (guruh a’zolaridan) biri sifatida ko’chaga chiqdi va oddiy odamlardan intervyu oldi. U bir ayolning ismi va kasbini so’raganda, ayol  ismini va YouTuber bo’lishga intilayotganini mag’rur ta’kidladi.

2017-yil biz Internetga qiziqish kuchaygan bir vaqtga guvoh bo’ldik. Amerikadagi fuqarolik so’rovi shuni ko’rsatdiki, bizning 84 foizimiz shafqatsizlikning ba’zi turlarini tajribada sinab ko’rdik — 69 foizimiz bunda Internet va ijtimoiy tarmoqlarni aybladik.

Raqamli nutqning ortishiga qaraganda, Internetda mashhur bo’lishga bo’lgan intilish ko’payib bormoqda.

Yaqinda o’tkazilgan YouGov Omnibus so’rovida amerikaliklarning deyarli yarmi (48 foizi) ijtimoiy tarmoqlarda virusdek tarqalish yoki qisqa vaqt ichida yangiliklarda mashhur bo’lishni istamasligi haqida o’rtoqlashdi.

So’rov genderga qarab taqsimlanganda, erkaklarning 44 foizi va ayollarning 52 foizi virtual shuhrat uchun da’vo qilmasligini bildirdi.

Shubhasiz, biz yetuklik (yosh) bilan bog’liq donolikni nazarda tutganda: ushbu tadqiqotga ko’ra, 55 yoshdan oshgan amerikaliklarning 81 foizi raqamli yangiliklar yoki har qanday virusli sensatsiyaning bir qismi bo’lishni xohlamaydilar.

Ular — yosh millenniallardan (18 yoshdan 24 yoshgacha) biri Jimmi Kimmel intervyu berganidek, ularning 36 foizi hali ham o’zlarining online tarzda taniqli bo’lishlaridan umidvor.  Shunga qaramay, 25 dan 34 yoshgacha bo’lgan millenniallarning (millennials, inlizchadan — “texnika asri avlodi) orasida Internetda shuhrat qozonish ehtimoli 28 foizdan kamroq. Ha, inson yoshi ulg’aygani sari aqli o’sib boradi.

Raqamli zakovat

Siz o’spirin, millennial yoki katta bo’lishingizdan qat’iy nazar, agar siz texnologiyadan (ijtimoiy mediadan) foydalansangiz, siz ham aql-idrok hissi — raqamli donolikni ishag solasiz.

Internetda shov-shuvga aylanishni istasangiz, bu yerda hech kim sizni muhokama qilmoqchi emas, ammo 2018 yilda aksariyat odamlar smartfon bilan qo’lga tushgan. Siz 55 yoshdan oshgan bo’lishingiz mumkin, ammo sizni bolangiz do’konda g’azablantirsa, bu 19 yoshli yigitning sizning ishkalli daqiqangizni yozib olishiga xalaqit bermaydi. Bir necha daqiqada siz keyingi virusli videoda paydo bo’lishingiz mumkin.

3 C’s (Social Communication, ingliz tilida) — Ijtimoiy kommunikatsiya

Konduksiya (o’tkazuvchanlik). O’zingizni boshqaring va nazorat qiling. Doimiy Internetda hech qachon vaqtinchalik emotsiyalarga yo’l qo’ymang. Agar siz oflayn rejimda bo’lsangiz, g’azabingiz alangalanayotgandir, esda tutingki, smartfon portlashi bir necha qadam narida bo’lishi mumkin.

Kontent (kurashish). O’zingizdan bu o’zingizni yoki kimnidir xijolat qiladimi yoki kamsitadimi, deb so’rang. O’n besh daqiqalik xazil hech qachon umr bo’yi xo’rlikka loyiq emas. Siz haqiqatan ham virusni yuqtirishga tayyormisiz? Internet taniqli bo’lish uchun yaxshi joy emas.

G’amxo’rlik. Qayg’urish bilan xabar yuborishda shafqatsiz bo’lish mumkin emas. Internetda qizg’in debatda (munozarada) bo’lsangiz ham, jangovar emas, konstruktiv (ijodiy) bo’ling. Siz odamlarga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan bahsli sharh yoki videoni joylashtiryapsizmi? Bu haqiqatan ham sizni tanitib yuborishini xohlaysizmi? Agar shubhada bo’lsangiz, websitedan chiqib ketishni o’zingizga maqsad qiling.

Ajdodlarimizdan qolgan naqlga qaraganda, birinchi taassurotni qoldirish uchun sizning hech qachon ikkinchi imkoniyatingiz bo’lmaydi, biroq bugungi texnologiya asri avlodi uchun kompyuter sichqonchasini bosish — kimdir sizning haqingizda bilib oladigan birinchi qarash.

2017-yilda biz hech kim va talabalar (hattoki eng aqlli va eng yorqinlari) ham beparvo tweet tufayli ishdan ayrilishni istamasligini, raqamli tanlovlar bilan qabul qilinishdan bosh tortishlarini bilib oldik.  

Qani, ushbu millatni aql-idrok va fuqarolikka olib borishda o’z hissangizni qo’shing. Klaviaturadan oqilona foydalaning.

Maqola muallifi: Sue Scheff — amerikalik avtor, speaker, ota-onalar advakati va internet xavfsizligi eksperti.

Ingliz tilidan Nuriyaxonim Ulug’bek qizi tarjimasi
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 3 =