INTERNEWS HAMKORLIKDA MAXSUS REPORTAJLAR MAKTABINI TASHKIL QILADI

05.05.2022

Maxsus reportaj – mavzuga to‘liq kirishishga ishtiyoqi bor, ushbu formatda biroz tajribaga ega va shaxsiy brend yaratishga o‘zini tayyor deb bilgan eng izlanuvchan, jasur, shijoatli jurnalistlar uchun janrdir. Kurs tinglovchilari mavzuning nazariy qismini o‘rganadilar, ham amaliy qismida ishtirok etadilar. Mashg‘ulotlar natijalariga ko‘ra ishtirokchilar efirga uzatish talabiga javob bera oladigan o‘zlarining video reportajlarini yaratadilar. Jurnalist va videomeykerlar maktabimizda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin, ularda aniq mavzu va u bo‘yicha ba’zi ishlanmalar bo‘lishi lozim – ular mashg‘ulotlar davomida o‘z reportajlarini takomillashtirishlari yoki hech bo‘lmaganda, buni qanday amalga oshirishni to‘liq anglab yetishlari mumkin.

Eng yaxshi ishlar stipendiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2022 yil 12 may, soat 19:00 (Nur-Sulton vaqti bilan). Dastlabki saralashdan o‘tganlar bilan individual suhbat o‘tkaziladi.

Maktab dasturida ishning ikki bosqichidan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan:

1) Xalqaro trenerlar bilan oflayn rejimida intensiv mashg‘ulotlar.

2) Reportajingizni gibrid formatda (oflayn va onlayn) yakunlash uchun mentorlik yordami.

Treningda Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan boshlanuvchi professionallar ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlarga qo‘yiladigan majburiy talablar:

  1. Suratga olish va video ishlab chiqarish asosiy ko‘nikmasining mavjudligi.
  2. Bo‘lg‘usi maxsus reportajlar uchun ishlab chiqilgan g‘oyalar (5 ta mavzu) mavjudligi.

Maktab 30 may kuni Olmaotada, 6 iyun kuni Dushanbeda boshlanadi. Offlayn trening rus tilida, mentorlik davri milliy tillarda olib boriladi.

O‘zbekistonlik ishtirokchilar safar uchun albatta xorij pasportiga ega bo‘lishi kerak. Internews pasportlarni ramiylashtirishda ishtirok etmaydi. Ishtirokchilarni saralash jarayonida xorij pasportining mavjudligi oflayn treningda qatnashish uchun majburiy shartdir.

Arizalar yakka tartibda va jamoalar tarkibida topshirilishi mumkin.

Bosh murabbiy Denis Bevz, (Rossiya).
Ishtirok etish uchun ushbu havolaga o‘tib, arizani to‘ldiring.

“Maxsus reportaj maktabi” Internews tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, Be Globe jamoasi (Qozog‘iston), “Xoma” jamoat tashkiloti (Tojikiston), Lola Islomova (O‘zbekiston) bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Loyiha AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida Markaziy Osiyo MediaCAMP dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 + 4 =