INTERNEWS: «MEDIACAMP FEST VA MEDIACAMP AWARD 2020» GA MARHAMAT!

10.09.2020

14-19-sentyabr kunlari Internews Markaziy Osiyo katta jurnalistika festivalini o‘tkazmoqda. U onlayn rejimida tashkillashtiriladi va Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan 1000 nafardan ortiq media mutaxassislarni o’zida jamlaydi. MediaCAMP Fest doirasida treninglar, ma’ruzalar, film namoyishlari, ko‘maklashuvchi sessiyalar, munozaralar va tok-shoular o‘tkaziladi.

MediaCAMP Fest katta marafon bilan boshlanadi, sakkiz soat davomida jonli efirda jurnalistlar, muharrirlar, menejerlar Markaziy Osiyoda pandemiya paytida ommaviy axborot vositalari qanday ishlaganini muhokama qiladilar. Har bir soat yangi mavzuga bag‘ishlanadi.

Festival MediaCAMP Award mukofotlarining natijalarini e’lon qilinishi bilan yakunlanadi. Ayni paytda “Obyektiv” nominatsiyasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Markaziy Osiyoning beshta davlatida qolgan to‘rtta nominatsiya bo‘yicha finalchilar nomi allaqachon aniqlanib ulgurilgan, 19-sentyabrda esa hakamlar hay’ati fikriga ko‘ra bu yil eng yaxshi materiallarni tayyorlagan jurnalistlar nomi ma’lum bo‘ladi.

Festivalning bir qismi bo‘lish va barcha mashg‘ulotlarga kira olish uchun festival veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Tadbir boshlanishiga yaqin sizga ZOOM xizmatiga kirish huquqini beruvchi elektron xabar keladi.

MediaCAMP Fest festivali va MediaCAMP Award yillik mukofotlari Internews tomonidan AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) ko‘magida MediaCAMP Markaziy Osiyo dasturi doirasida o‘tkaziladi.

Batafsil: https://mediafest.asia/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight + 8 =