INTERNEWS MEDIASAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILADI
10.12.2021Hech qiziqib ko‘rganmisiz, zamonaviy media orqali jamiyat hayotida qanchalik samarali ishtirok etyapmiz?
Aslida bugun zamonaviy inson uchun zarur bo‘lgan barcha ko‘nikmalarga media-axborot va raqamli savodxonlik orqali erishish mumkin.
Internews quyidagi faoliyat uchun moliyaviy ko‘mak ajratadi:
- media-axborot va raqamli savodxonlik mavzusida intervyular, qisqa videolar, komikslar, mem va boshqalar;
- mediasavodxonlikni targ‘ib qiluvchi ko‘ngilochar shakllarni sahnalashtirish: tomoshabinning faol ishtiroki orqali teatr pesalari, spektakllar, myuzikl va boshqalar;
- aholining turli qatlamlari uchun kino savodxonlik bo‘yicha treninglar tashkil etish;
- media-axborot va raqamli savodxonlik mavzusida vizual vositalar va o‘yinlar, savol-javoblar, viktorina va boshqalarni yaratish;
- aholining turli qatlamlari uchun tarmoq va jamoat foydalanish joylarida tarqatish maqsadida media-axborot va raqamli savodxonlik bo‘yicha plakatlarni yaratish va ishlab chiqarish.
Barcha loyihalarning amalga oshirish muddati: 2022-yil avgustdan kechikmasligi lozim.
Eng istiqbolli taklif mualliflari 2022-yil fevral oyida MediaCAMP Edyuton tadbiriga taklif qilinadi.
Internews 2022-yil 18-yanvardan kechikmay arizalarni ko‘rib chiqadi va Edyutonga taklif etish bo‘yicha arizachilarni xabardor qiladi.
2022-yildagi loyihalar haqida to‘liqroq ma’lumot olishni istaganlarni 20-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da ZOOM platformasida bo‘lib o‘tadigan axborot sessiyasiga taklif etamiz.
Sessiyaga ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu havoladan
https://internews.zoom.us/meeting/register/tZctceqrpzMpHNGxg-9DFoY6tG6vf61_pj_Y foydalaning.
24-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da ariza topshirganlar uchun yopiq sessiya bo‘lib o‘tadi.
Batafsil ma’lumot va tanlovga ariza topshirish bu yerda
https://newreporter.org/uz/2021/12/09/internews-mediasavodxonlikni-rivozhlantirishni-moliyavij-qollab-quvvatlash-bojicha-tanlov-elon-qiladi/
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.