Ishingizda sizni qo’llab-quvvatlovchi shaxsni qanday topish mumkin?

05.10.2019

Karla Harris

Ishxona ko’pincha meritokratiya o’chog’i va u yerda muvaffaqiyatga erishish uchun boshingizni ko’tarmasdan qattiq ishlash lozim deb qabul qilinadi. Uoll-strit faxriysi Karla Harris o’zining dastlabki mehnat faoliyatidayoq bu afsona ekanligini anglagan. Aslida kalit peshqadam bo’lishmi? Homiyni toping: bu shaxs siz (hali) taklif etilmayotgan yuqori darajadagi, yopiq eshiklar ortidagi majlislarda sizning nomingizdan so’zlovchi bo’lsin. Mazkur samimiy va o’ta ta’sirli taqdimotda samarali homiylik munosabatlarini qanday aniqlash va rivojlantirish yo’llari haqida saboq oling.

(Video subtitrlar orasida o’zbek tilini ham topishingiz mumkin)

Uzbek Subtitles:

0:01 – 0:05
1988-yilning bahor faslida¶
0:05 – 0:08
mening hayolimga ajoyib bir fikr keldi.
0:08 – 0:10
Mening ilk davra suhbatim mobaynida,
0:10 – 0:12
bu haqda bilmaganlar uchun izoh bersam,
0:12 – 0:16
davra suhbati Uol-Stritda ommabop bo’lgan
0:16 – 0:19
yil yakuni sarhisob qilinadigan jarayon bo’lib,
0:19 – 0:24
analitik, hamkor, vitse-prezidentdan tortib boshqaruvchilargacha qamrab oldi.
0:24 – 0:28
Bu bahs-muhokamalar yopiq eshiklar ortida,
0:28 – 0:31
davra suhbati, ya’ni stol atrofida kechgan
0:31 – 0:34
hamda har bir shaxs tabaqalarga –
0:34 – 0:37
oliy, o’rta toifa va quyi toifalarga bo’lib,
0:37 – 0:40
so’ngra ular bonus sinflariga taqsimlandi.
0:40 – 0:43
Bu har bir professionallik darajasiga qarab belgilandi.
0:43 – 0:47
U yerda ilk bor bo’lib, kuzatar ekanman,
0:47 – 0:50
bir kishi suhbat natijasini tasmaga
0:50 – 0:53
yozishga mas’ul ekanligini ko’rdim.
0:53 – 0:56
Xonada barcha nomzodlarning ishlarini taqdim
0:56 – 0:59
etishga mas’ul bo’lgan boshqa kishilar ham bor edilar.
0:59 – 1:03
Shuningdek, boshqa taklif etilgan mehmonlar ham bo’lib, ular
1:03 – 1:06
taqdim etilayotgan nomzodlarga sharh berishlari lozim edi.
1:06 – 1:10
Menga shunisi qiziq ediki, mazkur boshqa insonlar o’z
1:10 – 1:14
martabalari jihatidan muhokama qilinayotganlardan ko’ra ancha salmoqli edi,
1:14 – 1:18
va ular nazariy jihatdan zikr etilgan nomzodlar bilan muayyan aloqaga ega edilar.
1:18 – 1:22
Hozirda men ilk bora shu davra suhbatida bo’lganimdan nihoyatda mamnunman,¶
1:22 – 1:26
chunki o’zim ham shu jarayonni bosib o’tishimni
1:26 – 1:29
va mening imtiyozlarim aynan shu yo’l orqali hal etilishini bilar edim.
1:29 – 1:31
Shuning uchun men bu uslubning mexanizmi,
1:31 – 1:32
eng muhimi esa maqsadim
1:32 – 1:36
meritokratiya, ya’ni munosiblarni saralash konsepsiyasining afzalliklariga
1:36 – 1:39
bitirgan biznes universitetimdan tortib men suhbatlashgan har bir kompaniya tomonidan
1:39 – 1:40
qay yo’sinda ishontirilayotganini anglab yetish edi.
1:40 – 1:42
Har safar kompaniyalar bilan suhbatimda
1:42 – 1:46
ular menga: «Qadriyatlarimiz, jamiyki jarayonimiz meritokratiyadan iborat», deyishar edi.
1:46 – 1:49
Bunday tashkilotda ilgarilash uchun siz aqlli bo’lsangiz,
1:49 – 1:52
boshingizni ko’tarmasdan, chinakamiga qattiq ishlasangiz
1:52 – 1:53
albatta eng cho’qqiga ko’tarilasiz.
1:53 – 1:57
Demak, bu aynan qanday kechishiga shohid bo’lish uchun imkoniyat edi.
1:57 – 1:59
Shunday qilib jarayon bo’shlanar ekan,¶
1:59 – 2:02
men yig’ilish bayonnomachisi birinchi shaxs ismini chaqirganini eshitdim.
2:02 – 2:04
«Jou Smit».
2:04 – 2:08
Jouning ishini taqdim etishga mas’ul ham shunday qildi.
2:08 – 2:11
Taqdimotning so’nggi uchinchi qismida kimdir gapni bo’lib, dedi:
2:11 – 2:13
«Bu ajoyib nomzod, nihoyatda,
2:13 – 2:16
u noyob tahliliy va miqdoriy malakalar sohibi.
2:16 – 2:18
Bir so’z bilan aytganda superyulduz».
2:18 – 2:20
Bosh bayonnomachi keyin dedi:
2:20 – 2:23
«Demak, Jou oliy tabaqa toifasiga mansub».
2:23 – 2:26
Ikkinchi kishi, Meri Smit.
2:26 – 2:29
O’sha taqdimot o’rtasida, kimdir dedi: «Pishiq nomzod.
2:29 – 2:32
Ajralib turuvchi aytarlik fazilatlari bo’lmasada, dastyorlikka yaraydi».
2:32 – 2:34
Bayonnomachi dedi:
2:34 – 2:36
«Meri o’rta toifaga mansub ekanda».
2:36 – 2:39
Keyin kimdir aytdi: «Arnold Smit».
2:39 – 2:42
Arnoldning ishini taqdim etuvchi kishi og’zini ochmasdan
2:42 – 2:46
kimdir: «Falokat, ofat. Bu bolaning tuturig’i yo’q.
2:46 – 2:48
Standartlarimizga monand emas», dedi.
2:48 – 2:50
Nomzod ishi taqdimotidan avval
2:50 – 2:51
bayonnomachi aytdi:
2:52 – 2:55
«Demak, Arnold quyi toifaga boradi».
2:55 – 2:58
Aynan o’sha lahzalarda men ushladim … marvaridlarimni¶
2:58 – 3:01
(Kulgu)¶
3:02 – 3:05
o’zimga-o’zim «Mening nomimdan kim gapirar ekan-a?» dedim.¶
3:06 – 3:08
Kim mening nomimdan gapiradi?
3:09 – 3:13
O’sha onda men angladimki, meritokratiya g’oyasi
3:13 – 3:17
o’sha har bir tashkilot so’ylaydigan fikr, shunchaki afsona ekan.
3:17 – 3:23
Siz 100 foiz malaka va bilim asoslangan muhitga ega bo’la olmaysiz.
3:23 – 3:27
Gap shundaki, baholash mezonida inson omili mavjud,
3:27 – 3:29
chunki, o’z nomi va tavsifi bilan
3:29 – 3:31
biri ikkinchisini noxolisga chiqaradi.
3:31 – 3:37
O’sha lahzada men anglayotgan edimki, yopiq eshiklar ortida
3:37 – 3:40
mening nomimdan mulohaza yuritayotgan inson
3:40 – 3:43
meni shunday taqdim etayotganda,
3:43 – 3:46
qaror qabul qiluvchilar davra atrofida o’tirib
3:46 – 3:48
mening foydamga javob berayotgan edi.
3:49 – 3:52
Bu nihoyatda mushohada uchun saboq bo’ldi,¶
3:52 – 3:55
va o’zimga-o’zim «Xo’sh, o’sha inson kim?
3:55 – 3:57
Bu insonni qanday nomlash mumkin?», dedim.
3:57 – 4:01
O’sha vaqtda ommalashgan atama xususida o’ylab,
4:01 – 4:04
dahshat, bu inson murabbiy bo’lishga noloyiq,
4:04 – 4:09
chunki, murabbiyning vazifasi aslida sizga mos maslahatni berish
4:09 – 4:13
aynan sizga va sizning istiqbolingizdagi orzu-umidlaringizga yo’naltirilgan bo’lishi kerak, dedim.
4:13 – 4:16
Yaxshining yaxshiligini, yomonning yomonligini
4:16 – 4:18
hech qanday cheklovlarsiz ayta oluvchilar bor.
4:19 – 4:23
Albatta, duch kelgan kishi himoyachi – advokat bo’la olmaydi,
4:23 – 4:27
chunki kimningdir himoyachisi bo’lish uchun
4:27 – 4:28
pul sarflab o’tirish shart emas.
4:28 – 4:31
Albatta siz alohida xonaga chaqirtirilib, yopiq
4:31 – 4:34
eshiklar ortida advokat bo’lishingizga hojat yo’q.
4:34 – 4:36
Deyarli ikki yil o’tib, bu kishi¶
4:36 – 4:40
qanday atalishi lozimligini tushunib yetdim.
4:40 – 4:42
Men Michigan universitetida so’zga chiqib,
4:42 – 4:44
bo’lg’usi biznes boshqaruvi magistrlariga
4:44 – 4:46
chiqargan saboqlarim haqida gapirar ekanman,
4:46 – 4:48
Uoll-Stritda o’tgan qisqa uch yillik faoliyatimdan keyin
4:48 – 4:50
menda bir fikr uyg’ondi.
4:50 – 4:54
Iye, bu inson axir sening manfaatlaringdan xabardor kishi-ku,
4:54 – 4:57
yoxud aytish mumkinki, hujjatlaringni xonaga ko’tarib kiruvchi
4:57 – 4:59
bu inson shundayki, u sizga nisbatan o’zining
4:59 – 5:02
qimmatli siyosiy va ijtimoiy vaznlarini sarflaydi,
5:02 – 5:06
bu inson sizning nomingizdan stolni taqillatadi,
5:06 – 5:09
bu – homiyku.
5:10 – 5:12
Bu – homiy.
5:13 – 5:15
Keyin esa o’zimga aytdim,¶
5:15 – 5:17
«Xo’sh, qanday qilib homiyga ega bo’lasan?
5:18 – 5:20
Va ochig’ini aytganda, sizga nega homiy kerak?».
5:20 – 5:22
O’zi siz homiyga muhtojsiz, rosti.
5:22 – 5:23
Chunki, ma’lumki,
5:23 – 5:27
bilishimcha, baholash jarayoni bir bosqichdan iborat emas,
5:27 – 5:30
xoh akademik, xoh sog’liqni saqlash, xoh moliyaviy xizmatlar sohasi bo’lsin,
5:30 – 5:34
bular inson omili mavjud bo’lmagan sohalar emas.
5:34 – 5:37
Demak bu noxolis yondashuv mezoni borligini anglatadi.
5:37 – 5:43
Sizning ishingizni taqdim etuvchi shaxsda subyektivlik o’lchami bor.
5:43 – 5:45
Subyektivlik o’lchovi
5:45 – 5:47
ular nimalar deyishlarida sizda mavjud
5:47 – 5:51
obyektiv ma’lumotni qanday talqin etishlarida namoyon bo’ladi.
5:51 – 5:56
Subyektivlik o’lchovi qanday bayon etishlari va nimani aytishlarida
5:56 – 5:59
pirovard natijaga ta’sir etadi.
5:59 – 6:03
Shu bois amin bo’lishingiz kerakki, so’zga chiqayotgan kishi
6:03 – 6:04
sizning himoyachingiz
6:04 – 6:07
qalbida sizning eng maqbul manfaatlaringiz bo’lsin
6:07 – 6:11
va u ularga erishishga qodir bo’lsin, nima bo’lsa ham
6:11 – 6:13
yopiq eshiklar ortida uni uddalasin.
6:13 – 6:16
Endilikda, mendan hamisha so’rashadi:¶
6:16 – 6:18
«Siz bunga qanday erishasiz?»
6:18 – 6:24
Ochig’i, nirvana shunday ideal muhitki unda odamlar
6:24 – 6:27
«men buni siz uchun amalga oshiraman, siz
6:27 – 6:30
muvaffaqiyatli bo’lishingiz uchun ishonch hosil qilaman», deb qaror qiladi.
6:30 – 6:34
Ammo shu yerdagilarning aksariyati bilamizki, bu aslida bunday ro’y bermaydi.
6:34 – 6:37
Kelinglar, muomala tamoyilini tushintirib¶
6:37 – 6:42
homiyingizni topish qobiliyatingizga qanday ta’sir etishi haqida gapirsam.
6:42 – 6:47
Istagan holatda ikki xil masala vujudga keladi:
6:47 – 6:50
bu ijro masalasi va munosabatlar masalasi.
6:50 – 6:54
Ijro masalasi shunday holat bo’lib, unda
6:54 – 6:58
sizdan so’ralgan narsa
6:58 – 7:00
hamda bir oz undan ortiqrog’i boladi.
7:00 – 7:04
Har safar vazifani odamlar kutganidan ko’prog’ini
7:04 – 7:06
uddalasangiz ijro holatini yuzaga keltirasiz.
7:07 – 7:09
Bu xuddi birjadagi singari ro’y beradi.
7:09 – 7:12
Qachondir bir kompaniya jamoatchilikka
7:12 – 7:14
ulushning 25 sentini to’layman desa,
7:14 – 7:16
ular ulushning 40 sentini to’laydilar, birjadagi
7:16 – 7:19
aksiyalar o’sar ekan, sizniki ham oshadi.
7:19 – 7:22
Ijro masalasi uch sababdan salmoqli.
7:22 – 7:25
Birinchidan, u sizni nazarga tushirtiradi.
7:25 – 7:28
U sizga nufuz keltiradi.
7:28 – 7:32
Ikkinchidan, u sizga daromad va lavozimni
7:32 – 7:35
kasbiy tajribangizda barvaqt olib keladi.
7:35 – 7:38
Va istagan muhitda ham juda erta sodir bo’ladi.
7:38 – 7:41
3-dan esa, bu homiyni jalb etishi mumkin.
7:41 – 7:44
Nega? Chunki, kuchli ijro
7:44 – 7:48
jamoadagi obro’ darajangizni oshiradi va
7:48 – 7:51
avval aytganimdek, homiyning o’zi kelishi mumkin.
7:51 – 7:55
Nega? Chunki, hamma yulduzlarni xush ko’radi.
7:55 – 7:59
Mabodo bir vaziyatda
7:59 – 8:02
homiyni topa olmasangiz,
8:02 – 8:03
quyidagicha xushxabar bor.
8:03 – 8:07
Yodingizda bo’lsin, vakolatingizdan foydalanib, homiy so’rashingiz mumkin.
8:08 – 8:13
Mana endi, boshqa eng muhim fazilat haqida.¶
8:13 – 8:16
Bu munosabatlar masalasidir.
8:16 – 8:20
Munosabatlar jihati tevarak-atrofingizdagi
8:20 – 8:25
kishilarga sarmoya kiritish orqali erishiladi,
8:25 – 8:29
atrofingizdagi kishilarga ko’maklashish orqali erishiladi.
8:29 – 8:33
Siz mutlaqo tanimagan odamingizdan
8:33 – 8:36
misqollab orttirilgan shaxsiy obro’larini sizning
8:37 – 8:39
nomingizdan foydalanishni so’ray olmaysiz.
8:39 – 8:41
Bu bunday kechmaydi.
8:42 – 8:47
Shuning uchun muhimi atrofingizdagi odamlar bilan
8:47 – 8:50
bog’lanish, muloqot qilish va tanishishga vaqt sarflash,
8:50 – 8:55
va eng muhimi ularga sizni bilish imkonini taqdim eitshingiz kerak.
8:55 – 8:57
Chunki ular sizni bilishsa,
8:57 – 9:00
katta ehtimol bilan murojaat qilganingizda
9:00 – 9:03
homiyim bo’ling deb,
9:03 – 9:06
javoblari albatta ijobiy bo’ladi.
9:06 – 9:10
Endi homiyga ega bo’lish kerak degan fikrimga qo’shilsangiz,¶
9:10 – 9:14
homiyni qanday aniqlash haqida suhbatlashsak.
9:15 – 9:17
Agar homiyni axtarayotgan bo’lsangiz,
9:17 – 9:20
ular 3 ta asosiy fazilatga ega bo’lishlari kerak.
9:20 – 9:25
1-dan ular qaror qabul qiluvchi davrada kursiga ega bo’lishlari,
9:25 – 9:28
ish faoliyatingizdan xabardor bo’lishlari,
9:29 – 9:32
zero yopiq eshiklar ortidan kuzata olsin,
9:32 – 9:34
ularda muayyan salohiyat bo’lishi kerak,
9:34 – 9:37
boshqacha aytganda kuch bo’lishi kerak.
9:37 – 9:40
Ularda o’sha uch narsa bo’lishi juda muhim.
9:40 – 9:43
Tegishli shaxsni aniqlab olganingizdan so’ng¶
9:43 – 9:45
buni qanday qilib so’raysiz?
9:45 – 9:47
Ssenariy quyidagi tartibda bo’ladi:
9:47 – 9:52
«Jim, shu yili lavozim pillapoyalaridan ko’tarilishdan nihoyatda manfaatdorman
9:52 – 9:54
O’tgan yil men uchun samarali bo’ldi
9:54 – 10:00
va ushbu tashkilotga o’z loyiqligim yoki tayyorligimni
10:00 – 10:02
isbotlash uchun hech narsani ko’rsata olmayman
10:02 – 10:06
lekin kimdir yopiq eshiklar ortida hozir bo’lib
10:06 – 10:09
nomimdan davrada fikr yuritishidan voqifman.
10:09 – 10:13
Siz meni taniysiz, ishlarimdan xabardorsiz va xaridorlarning taklif-mulohazalaridan voqifsiz,
10:13 – 10:17
va umid qilamanki, mening nomimdan bahs yuritish sizga malol kelmaydi».
10:17 – 10:19
Mabodo Jim sizni bilsa
10:19 – 10:21
va muayyan munosabatlarga ega bo’lsangiz
10:22 – 10:25
uning rozilik berish ehtimoli ancha yuqori bo’ladi.
10:25 – 10:26
Agar u inson xo’p desa,
10:26 – 10:29
u en uchun ham harakat qilib ko’radi.
10:29 – 10:32
Lekin, Jimning yo’q deyish ehtimoli bor¶
10:32 – 10:34
va agar u yo’q desa, mening fikrimcha,
10:34 – 10:36
u sizga yo’q deyishiga uch sabab bor.
10:36 – 10:41
1-dan, u faoliyatingizdan yetarli voqifman, deb hisoblamaydi.
10:41 – 10:44
Yopiq eshiklar ortidan haqiqiy vakolatga ega bo’lish
10:44 – 10:48
nomingizdan ta’sirli va samarali bo’lish uchun yetarli deb hisoblamaydi.
10:48 – 10:50
Uning rozi bo’lmasligiga ikkinchi sabab,
10:50 – 10:53
sizning u bunga qodir degan fikringizdir,
10:53 – 10:56
ammo u bunga qurbi yetmasligini biladi
10:56 – 11:00
va buni u siz bilan suhbatda tan olmaydi.
11:00 – 11:01
(Kulgu)¶
11:01 – 11:04
Va sizga monelik qiladigan 3-bahona -¶
11:04 – 11:05
u sizni yoqtirmaydi.
11:05 – 11:06
Siz unga yoqmaysiz.
11:06 – 11:07
(Kulgu)¶
11:07 – 11:09
Va bu sodir bo’lishi mumkin.¶
11:10 – 11:14
Lekin hatto bu siz uchun muhim ma’lumot bo’lib,
11:14 – 11:18
homiy bilan navbatdagi suhbatga tayyorlanishda
11:18 – 11:21
oz bo’lsada salmoqliroq xizmat qiladi.
11:22 – 11:26
Homiyga ega bo’lishning ahamiyatini ta’riflarshga til ojiz.¶
11:26 – 11:30
Bu sizning kasbiy o’sishingizdagi muhim munosabatdir.
11:30 – 11:33
Murabbiyga ega bo’lish ochig’i zo’r ish,
11:33 – 11:37
lekin murabbiysiz ishingizda uzoq yashab ketishingiz mumkin,
11:37 – 11:42
ammo hech qaysi tashkilotda homiysiz ko’tarila olmaysiz.
11:43 – 11:47
Shuning uchun muntazam ravishda o’zingizdan,
11:47 – 11:50
«Hujjatlarimni tegishli xonaga kim olib kiryapti?
11:50 – 11:52
Mening hujjatlarimni xonaga kim olib kirmoqda?»,
11:52 – 11:56
deb so’rashingiz lozim. Agar bunga javobingiz
11:56 – 11:59
bo’lmasa aytgan bo’lardimki sa’y-harakatingizni
11:59 – 12:02
homiy aloqalariga sarflashga yo’naltiring,
12:03 – 12:06
chunki bu muvaffaqiyatingiz kalitidir.
12:06 – 12:09
Fikrimni yakunlar ekanman, so’zlarimni shu yerda¶
12:09 – 12:11
jam bo’lgan bo’lg’usi homiylarga yo’naltirishga ijozat bersangiz.
12:12 – 12:15
Bordiki sizlar mo’tabar dargohga taklif etilgan bo’lsangiz
12:15 – 12:18
bilingizkim, o’sha kursida joyingiz bo’ladi,
12:18 – 12:20
va agar kursi egasi bo’lganingizdan so’ng
12:21 – 12:23
sizda fikr bildirish mas’uliyati bo’ladi.
12:23 – 12:28
Odamlarning gap-so’ziga parvo qilib kuchingizni zoye ketgazmang,
12:28 – 12:31
shuningdek, ularning fikridan qat’iy nazar madad
12:31 – 12:34
berayotgan kimsa o’zingiz singari bo’lsa-da.
12:34 – 12:37
Agar shijoatingizga munosib bo’lsa,
12:38 – 12:40
uni sarflang.
12:40 – 12:43
Uoll-stritdagi bir necha o’n yillik ishimdan olgan sabog’im,
12:43 – 12:46
o’z qudratingizni oshirish yo’li – uni boshqalarga berish ekan,
12:46 – 12:48
va yuragingizdagi sizning ovozingizdir.
12:48 – 12:53
(Qarsaklar)¶
12:54 – 12:59
Ovozingiz esa qudratingizning yuragidadir.¶
13:00 – 13:01
Undan foydalaning.
13:01 – 13:02
Katta rahmat.¶
13:02 – 13:09
(Qarsaklar)

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 + 11 =