ISTANBUL YEVROPANING №1 SHAHRI DEB TANLANDI

13.09.2021

Nyu Yorkdagi sayohat jurnali «Travel + Leisure»ning bu yilgi «Dunyoning eng yaxshilari mukofoti» tanlovida  minglab odamlar Istanbulni eng yaxshi shahar sifatida tanladilar. Bu Turkiyaning Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy’ning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilindi.

Jurnal tomonidan o’tkazilgan so’rovnomada ishtirok etganlarning so’nggi uch yillik tajribasidan kelib chiqib Istanbul 91,32 ball bilan birinchi o’rinni egalladi, ovoz berish 11-yanvardan 11-maygacha o’tkazildi.

Istanbul Yevropadagi 39 shahar orasida birinchilikni egalladi. O’zining cheksiz jozibasi bilan tarixning uchrashuv nuqtasi ekanligi hamda Topkapi saroyi va Ayasofiya kabi tarixiy joylarni o’z ichiga olganligi haqida yozilgan maqolada, Istanbul aeroporti, Nishantoshi va Galataport kabi zamonaviy jozibali joylari maqtovlar bilan tilga olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 2 =