Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Italiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Agostino Pinna bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasida taʼlim, ilm-fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, ikki davlat universitetlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oliy taʼlim muassasalari hamkorligida onlayn va oflayn uchrashuvlar, konferensiya, forumlar, mahorat darslari, treninglar oʻtkazish masalalari boʻyicha fikr almashildi.
Bundan tashqari, texnoparklar, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish lozimligi qayd etildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.