ITALIYANING NAPOLI UNIVERSITETI PROFESSORI O’zDJTUGA TASHRIF BUYURDI

13.09.2019

Joriy yilning 12-sentabr kuni Italiyaning Napoli “Sharqshunoslik” universiteti professori O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Italiyalik professor Tomasso Treviziani O’zDJTUda o’qituvchi va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, shuningdek, universitetdagi italyan tili o’qituvchilari va talabalar bilan uchrashib, dars mashg’ulotlarini kuzatdi.

Shundan so’ng, Italiyaning Napoli “Sharqshunoslik” universiteti professori Tomasso Treviziani O’zDJTU rektori G’anisher Raximov rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi.

Rasmiy uchrashuvda tomonlar italiyalik talabalar uchun o’zbek tili bo’yicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilish; talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish; Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish bo’yicha muhokamalar olib bordilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 + 7 =