JAHON ADABIYOTI VA QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO’LIB OTMOQDA

31.10.2022

Bugun, 31-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilmoqda. Mazkur anjuman “Adabiyotshunoslik” ilmiy tadqiqot instituti hamda O‘zDJTUning “Jahon adabiyoti” kafedrasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Anjumanda Abilayxon nomidagi Qozoq xalqaro munosabatlar va jahon tillari universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Sizdikbaev Nurg’ali Аrtikbayevich, M.Аvezov nomidagi Janubiy Qozogʼiston universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Mаdаliev Yarmuxammat, O‘zR FA, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti “XX asr ozbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon” bo‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ulug‘bek Hamdamovlarning tabrik so’zlari bilan ishtirok etmoqdalar.

Konferensiyada  yetakchi olimlar hamda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchi, doktorant hamda mustaqil izlanuvchilar, magistr va iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjumanda Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan taniqli olimlar ishtirok  etmoqda.

Konferensiyani onlayn formatda quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin: https://us02web.zoom.us/j/82808573885?pwd=bkhtRlNxL3E3SnZCTU1oSFNHc   HJNQT09 (Konferensiya identifikatori: 828 0857 3885. Kirish kodi: 1)

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 3 =