Janubiy Koreyaning Vusong universiteti Prezidenti, Doktor Djon Endikot boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya rahbariga Vusong ta’lim jamg‘armasi boshqaruv kengashi a’zosi Sang Xan Kim hamda Vusong universitetining Boshqaruvni rejalashtirish departamenti direktori Byungik Jung hamrohlik qildi. Mehmonlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Madjidov qabul qildi.
Ikki tomonlama bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida oliy ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, malakali mutaxassislar tayyorlash borasida aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Janubiy Koreyaning Vusong universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.