Jazoir xalq demokratik respublikasi Al-Vadiy universitetida 2024 yil 30-aprel kuni «1 may – mexnatkashlarning xalqaro birdamlik kuni» munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetidan malaka oshirishga kelgan o‘qituvchilar va Tunis, Rossiya kabi bir qator davlatlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar sharafiga tantanali bayram tadbiri tashkil qilindi.
Tadbir davomida universitet faxriy professor-o‘qituvchilari bilan Tarjimonlik fakultetidan malaka oshirishga tashrif buyurgan o‘qituvchilar ham Al-Vadiy universiteti rektori Omar Farxati tomonidan faxriy yorliqlar va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Ma’lumot uchun:
O‘zDJTU ma’muriyati tomonidan imzolangan memorandum doirasida 2024 yilning 15-aprel sanasida Tarjimonlik fakulteti o’qituvchilari N.Ro’ziboyeva, S.Yunusova, U.Ermatov va yana uch nafar o’qituvchilar hamrohligida Al-Wadi universitetiga tashrif buyurishgan edi.