JURNALISTIKA BO‘YICHA O‘ZBEKISTON-YEVROPA MUKOFOTI UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

27.08.2020

Ushbu loyiha Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Joriy yilning 25 avgust kuni Bryussel xalqaro press-klubi tomonidan «O‘zbekiston haqida eng yaxshi maqola» uchun xalqaro press-klublar tarmog‘iga a’zo bo‘lgan yevropalik jurnalistlar o‘rtasida yangi tanlov e’lon qilindi.

Ushbu loyiha Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad xalqaro maydonda O‘zbekiston obro‘sini yuksaltirishdir.

Loyihada dunyo hamjamiyatiga O‘zbekiston to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar taqdim etilishi, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, investorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari, integratsiya jarayonlarini rivojlantirish, inqiroz davrida biznesni qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik sektori va O‘zbekistonning turizm sohasidagi ijobiy imidji taqdim etilgan.

Kim ishtirok etishi mumkin?

Yevropa ommaviy axborot vositalarida (Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Norvegiya) ishlaydigan jurnalistlar ishtirok etishi mumkin. 1 avgustdan 15 oktyabrgacha internetda, gazetalarda yoki jurnallarda chop etilgan maqolalar ishtirok etish huquqiga ega. Bular alohida maqola yoki bir mavzuga bag‘ishlangan maqolalar turkumidan iborat bo‘lishi mumkin. Mazkur talab televideniye va radio kabi ommaviy axborot vositalarida tayyorlangan materiallarga ham taaluqli.

Qayerga murojaat qilish kerak?

Maqolaning asl nusxasini secretary@pressclub.be pochtasi orqali 2020 yil 15 oktyabrgacha ingliz tilida yuborish mumkin. Agar maqola ingliz tilida yozilmagan bo‘lsa, muallif tarjima sifati uchun javobgardir.

Arizalarni topshirish muddati: 2020 yil 1 avgust – 15 oktyabrga qadar. Mukofot: 2 000 yevro.

Batafsil: https://review.uz/uz/cwe

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × one =