KALIT SO’ZLARNI TANLASH BO’YICHA 5 MASLAHAT

29.06.2021

Har qanday jurnal uchun maqola yozishning o’ziga yarasha talablari mavjud bo’ladi. Mazkur talablardan biri maqola mavzusiga mos bo’lgan kerakli kalit so’zlarni tanlashdir. Jurnal  maqolasi  uchun  eng  yaxshi, mavzuga muvofiq bo’lgan kalit  so’zlarni  topish  uchun  quyidagi  maslahatlarga  amal  qiling:

1. Nashriyot  ko’rsatmalariga  amal  qiling.

    Jurnal  noshiri  tomonidan  kalit  so’zlarni  tanlash  bo’yicha  ko’rsatmalar  mavjudligini  tekshiring. Hech  bo’lmaganda ular  qancha  kalit  so’zlar  kerakligi  haqida  maslahat  berishlari  kerak (odatda beshdan sakkizgacha). Ushbu  ko’rsatmalar  ko’pincha  yozish  uslubi  va  formatlash  bo’yicha  tavsiyalar  bilan  birga  muallif  ko’rsatmalarining  bir  qismini tashkil etadi.

2. Tadqiqotingizdagi mavzuyingizning ma’nosiga e’tibor  qarating.

     Kalit  so’zlarni  tanlashda  maqolangizning  asosiy  mavzusidan  foydalaning. Masalan, agar  sizning  maqolangiz  nanotexnologiyalarning  tibbiy  qo’llanilishi  haqida  bo’lsa,  sizning  kalit  so’zlaringizda  “Nanomeditsina” va “Nanofarmatsevtika” kabi  atamalar  bo’lishi  mumkin.  Shuningdek, bu  sizning  maqsadli  o’quvchingiz  ma’lumotlar  bazasida  nimani  qidirishi  mumkinligini  ko’rib  chiqishiga  yordam  beradi.

3. Sarlavhangizdagi  so’zlarni  takrorlamang.

    Maqolangizning  sarlavhasi  qisman  muhim, chunki u  qidiruv  tizimlarida  ro’yxatdan  o’tadi.  Siz  o’zingizning  maqolangiz  uchun  faqat  bir  nechta  kalit  so’zlarni  tanlashingiz  mumkin  bo’lganligi  sababli  maqolaning  sarlavhasida  ishlatilgan  har  qanday  atamani  takrorlashdan  qochish  kerak.

4. Qat’iy  bo’ling.

      Iloji  boricha  so’z tanlashda aniqlikka e’tibor qiling. Ikki  yoki  uchta  so’zdan  iborat  “asosiy  iboralar”ni kalit so’z sifatida ham keltirish tavsiya etiladi, chunki  bitta  so’zdan iborat bo’lgan atamalar  juda  noaniq  bo’lishi  mumkin.

5. Kalit  so’zlaringizni  tekshirib, sinab ko’ring.

     Nihoyat, ba’zi  bir  kalit  so’zlarini  tanlaganingizdan so’ng, ularni  tegishli  jurnal  ma’lumotlar  bazasiga  kiriting. Agar  ular  o’zingizning  mavzuyingizga  o’xshash  mavzularda  maqolalar  chiqarib bersa, unda  siz  yaxshi  kalit  so’zlarni  tanladingiz. Aks  holda, qayta  urinib  ko’rinishingiz  kerak.  Bundan  tashqari, agar  siz  “ishlaydigan”  kalit  so’zlarni  topishga  qiynalayotgan  bo’lsangiz, shunga  o’xshash  mavzuni  o’z  ichiga  olgan  ba’zi  maqolalarni  qidirishingiz  mumkin.  Keyin  siz  ularning  kalit  so’zlarini  tekshirishingiz  va  ulardan  o’zingizning  tanlovingizda  foydalanishingiz  mumkin.

Nigina RAJABOVA tayyorladi,
O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti
I bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − 3 =