KARIMOV FONDINING XORIJDA TAHSIL OLISH UCHUN IV TA’LIM GRANTLARI TANLOVI

23.10.2019

Karimov Fondi O‘zbekistonning iqtidorli va iste’dodli yigit-qizlari o‘rtasida chet elda tahsil olish uchun to‘rtinchi grantlar tanlovini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

Karimov Fondining yangi ta’lim grantlari quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha Yevropaning oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida tahsil olish imkonini beradi:

• Qayta tiklanuvchan energiya manbalari;
• Kimyo va kimyo texnologiyasi;
• Suv va yer resurslarini boshqarish;
• Mashinasozlik texnologiyalari;
• Arxitektura. Bino va inshoatlar qurish;
• Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tonnellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;
• Tekstil sanoati texnologiyalari va uskunalari;
• Turizm xizmatlarini tashkil etish va boshqarish;
• Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar.

Tanlovda ingliz, nemis yoki fransuz tillarini a’lo darajada bilgan, O‘zbekiston yoki chet el oliy ta’lim muassasasini bitirgan yoki uning so‘nggi kursida tahsil olayotgan, yoshi 35dan oshmagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Grant sovrindorlarining chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari (2 yilgacha) Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar onlayn qabul qilinadi:
https://goo.gl/forms/vNSA6KLY2JDOA86h1
(ro‘yxatdan o‘tish uchun ko‘rsatilgan havola 2019-yil 15-oktyabrdan 10- noyabrgacha amalda bo‘ladi)

– Fond tomonidan tasdiqlangan shakldagi tanlovda ishtirok etishga ariza;
– Oliy ta’lim muassasasi rektori (tashkilot, korxona, muassasa rahbari) nomidan tanlovda munosib nomzod sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi      Tavsiyanoma;
– Oliy ta’lim muassacasining oxirgi bosqichida tahsil olayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
– Pasport nusxasi;
– Oliy ta’lim muassasasini bitirganligi to‘g‘risidagi Diplom nusxasi;
– Baholari ko‘rsatilgan diplom ilovasi nusxasi yoki reyting daftarchasi nusxasi;
– Tanlov ishtirokchisi tomonidan imzolangan «Chet el oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dasturi bo‘yicha tahsil olish uchun Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi ta’lim grantlarini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan IV-tanlov Nizomi»dan ko‘chirma.

Tanlov to‘g‘risidagi yangiliklar va taqdim etiladigan hujjatlar namunalari Karimov Fondi grantlariga bag‘ishlangan maxsus telegram-kanalda havola etilgan: https://t.me/GrantFondKarimov


Hujjatlar topshirish muddati cheklangan – 2019 yil 15 oktyabrdan – 10 noyabrgacha.
Batafsil ma’lumot uchun telefonlar:
+99871 237-34-20; +99871 237-38-13. e-mail: info@fondkarimov.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five + six =