KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR DASTURLARI VA BAHOLASH MEZONLARI SODDALASHTIRILADI

09.06.2020

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020/2021-o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan offlayn brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Vazir kasbiy (ijodiy) imtihonlar karantin, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilgan tashkil etilishini ta’kidladi. Jumladan:

  • test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun 11 iyuldan 20 iyulgacha;
  • alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun 25 iyuldan 10 avgustgacha o‘tkaziladi.

Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilgan tarzda tuziladi. Bunda:

  • bir abituriyentga imtihonda bir soatdan ortiq vaqt sarflamaslik;
  • abituriyentning oliy ta’lim muassasasiga bir marta kelib ketishini ta’minlash inobatga olinadi.

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Dilshod
    #1 Dilshod 17 Iyun, 2020, 22:04

    Kasbiy (ijodiy) imtihonlarining baholash mezoni bilan qayerda tanishish mumkin?

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × 4 =