KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTIDA OʻQUV SEMINARI BO’LIB O’TMOQDA

12.12.2024

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning Kembrij shahrida o’quv-seminarlarida ishtirok etmoqda.


 
Delegatsiya Kembrij Xalqaro Ta’lim tashkiloti (Cambridge International Education) bilan hamkorlikda xalqaro standartlarga muvofiq oʻquv dasturlarni ishlab chiqish va takomillashtirish boʻyicha navbatdagi bir haftalik oʻquv treninglarida ishtirok etmoqda. 


 
Ushbu o‘quv Kembrij Xalqaro Ta’lim tashkiloti bilan o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan keng hamkorlikning bir qismi bo‘lib, kelgusida tashkilot tomonidan mahalliy mutaxassislarga davlat taʼlim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda konsalting xizmatlari koʻrsatib borilishi rejalashtirilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + 18 =