KHAN ACADEMY BILAN O‘ZBEK TILINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA HAMKOLIK YO‘LGA QO‘YILADI

24.02.2020

Joriy yilning 17-fevralida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Khan academy muharrirlari hamda O‘zbek tili fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Khan academy.uz bosh muharriri Javohir Abdullayev va Gulshan Rahim tashkilot faoliyatiga oid qiziqarli taqdimot bilan ishtirok etishdi.

2019-yilda «Bilim onlayn» nodavlat-notijorat tashkiloti tuzilgan bo‘lib,  u Khan academy kontentining o‘zbek tiliga tarjima qilinishini tashkillashtiradi. Hozirda tashkilotda ellikdan ortiq tarjimon va muharrirlar faoliyat olib bormoqda. Har bir tarjimon uyda o‘tirib belgilangan fan bo‘yicha mavzularni tarjima qilib borishi mumkin. Butun jarayon onlayn tarzda amalga oshiriladi. Har kuni bitta tarjimon o‘rtacha 400ta so‘z tarjima qilib boradi. Hozirgacha umumiy kontentdan 1mln 300 ming ta so‘z tarjima qilingan. 115ta video qayta ishlangan. Boshlang‘ich matematika fani bo‘yicha ma’lumotlar to‘liq o‘zbekchaga o‘girilgan. Tayyor materiallardan xanakademiyasi.uz manzili orqali foydalanish imkoniyati mavjud.

Mehmonlar O‘zbek tili fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalariga o‘zbek tilini bolalarga va kattalarga xorijiy til sifatida o‘qitishning onlayn bazasini yaratish hamda takomillashtirish borasida hamkorlik qilishni taklif qildi. Taklif yuzasidan tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen − 6 =