“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: MUAMMO VA YЕCHIMLAR” MAVZUSIDAGI AN’ANAVIY XALQARO ILMIY–AMALIY ONLAYN KONFERENSIYASIDA ISHTIROK ETING

29.04.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1875-sonli Qarori, 2013-yil 23-maydagi “Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1971-sonli qaroriga muvofiq 2022-yilning 16-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti, Rossiya Federatsiyasining Janubiy Federal universiteti, Adigey davlat universiteti hamda OʻzDJTU huzuridagi “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-elektron jurnali va Internet portali hamkorligida “Kompyuter lingvistikasi: muammo va yеchimlar” mavzusidagi an’anaviy xalqaro ilmiy–amaliy onlayn konferensiyasi oʻtkaziladi.

Quyidagi shoʻbalar boʻyicha ilmiy tezislar qabul qilinadi:

1.  Korpus texnologiyasi.

2. Kompyuter resurslari, ontologiyalar, tezauruslar va lugʻatlar.

3. Matnga morfologik, sintaktik va semantik ishlov berish texnologiyalari.

4. Mashina tarjima tizimlari va nutq texnologiyalari.

Konferensiya ishchi tillari: oʻzbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, turk tillari.

Konferensiyani oʻtkazish tartibi: ushbu onlayn konferensiya joriy yilning 16-may kuni soat 10.00da ZOOM dasturida oʻtkaziladi. To’plam www.conference.fledu.uz platformasida nashr etiladi. Konferensiyaga ulanish havolasi https://t.me/comp_ling_uzb kanaliga yuboriladi.

Tezislarni rasmiylashtirishning texnik talablari:

Matn hajmi kamida – 3-5 bet, format – Microsoft Word, shrift – Times New Roman, matn maydoni – yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan — 1,5 sm, qatorlar oraligʻi – 1 interval, harflar 14 shriftda. Yuqoridan bosh harflar bilan tezis sarlavhasi yoziladi, bir intervaldan soʻng muallifning toʻliq ismi-sharifi, OTM, fakulteti, lavozimi toʻliq yoziladi, bir interval tashlanib matn beriladi. Tezislarda manbalarga havolalar [ ] da matn ichida qoʻyilib, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi raqam asosida koʻrsatilishi shart (Masalan, [7, 128.]).

Tezislarni eʼlon qilishga ketadigan xarajatlar mualliflar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan (Tezis hajmidan qatʼi nazar narxi 75 000 soʻm).

Tezis mualliflariga sertifikat (bepul) taqdim qilinadi. Ilmiy maqolalar toʻplamiga xalqaro DOI raqami beriladi. Tashkilotchilar tezislarni saralash va tahrir qilish huquqiga ega.

Tezislar oʻzbek, rus va boshqa xorijiy tillarida 2022-yil 15-mayga qadar compling.uz@gmail.com elektron pochta orqali qabul qilinadi.

Tashkiliy qoʻmita manzili: Toshkent shahri, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi.
Murojaat uchun telefon raqamlari:  +998946871171, +998909805159, +998901399292.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × two =