«KOMPYUTER LINGVISTIKASI: MUAMMO VA YECHIMLAR» — XALQARO ILMIY–AMALIY ONLAYN KONFERENSIYADAN FOTOLAVHALAR
19.04.2021Avval xabar qilganimizdek, bugun, 19-aprel kuni «Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy–amaliy onlayn konferensiyasi o’z ishini boshladi.
Xalqaro ilmiy–amaliy onlayn konferensiya doirasida sohaning bir qancha yetakchi xorijiy va milliy mutaxassislar o’z taqdimotlari bilan ishtirok etmoqdalar.
Jumladan, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti DAAD ma’ruzachisi Simon Kretschmer, Janubiy Koreyaning Joongbu universiteti «Xalqaro munosabatlar» bo’limi boshlig’i, PhD Minhee Lee, O’zDJTU italyan tili o’qituvchisi Paoli Legler Marko konferensiyada o’z taqdimotlari bilan chiqish qildilar.
Shuningdek, TATU «Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti» kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori Bobomurodov Ozodbek Jo’rayevich ham o’z taqdimoti bilan ishtirok etdi:
Ma’lumot o’rnida, mazkur konferensiya O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy instituti, IT-Park, «O‘zbekistonda xorijiy tillar» ilmiy-elektron jurnal va Internet portali hamkorligida bo’lib o’tmoqda.
Konferensiya davom etmoqda.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.