«KOMPYUTER LINGVISTIKASI: MUAMMO VA YECHIMLAR» — XALQARO ILMIY–AMALIY ONLAYN KONFERENSIYASI BO’LIB O’TMOQDA

19.04.2021

Bugun, 19-aprel kuni «Kompyuter lingvistikasi: muammo va yechimlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy–amaliy onlayn konferensiyasi o’z ishini boshladi.

Mazkur konferensiya O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy instituti, IT-Park, «O‘zbekistonda xorijiy tillar» ilmiy-elektron jurnal va Internet portali hamkorligida bo’lib o’tmoqda.
Konferensiya quyidagi sho’balar bo‘yicha olib borilmoqda:

  • Kompyuter lingvistikasining hozirgi kundagi muammo va yechimlari
  • Kompyuter lingvistikasi va sun’iy tafakkur
  • Amaliy kompyuter lingvistikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish
  • Dasturiy mahsulotlarni yaratish va amaliyotga joriy etishda innovatsion yechimlar
  • Ta’limda interaktiv o‘quv vositalarining rolini oshirish masalalari.

Konferensiyada sohaning bir qancha xorijiy va milliy tadqiqotchi olimlari tomonidan taqdimotlar qilinishi kutilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 + 18 =