“KONFUTSIY INSTITUTLARI VA SIVILIZATSIYALARARO O‘ZARO TA’LIM” XALQARO ANJUMANI BO’LIB O’TDI

08.07.2024

Shu kunlarda amaliy tashrif bilan yurtimizda bo‘lib turgan Butunxitoy xalq vakillari majlisi doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Leszi boshchiligidagi delegatsiya Senat Raisi Tanzila Norboyeva hamrohligida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy nomli O‘zbekiston-Xitoy institutiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar mazkur ta’lim dargohi tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Konfutsiy institutlari va sIvilizatsiyalararo o‘zaro ta’lim” mavzusidagi xalqaro anjumanning ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Markaziy Osiyo mamlakatlarining turli davlat va ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, xitoyshunoslik va xalqaro munosabatlar sohasidagi ekspert va olimlar qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar ta’lim va fan, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi har bir qadam xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdilar. Shuningdek, Toshkentda tashkil etilgan Konfutsiy instituti Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ishonchli va do‘stona munosabatlarga tayanganiga misol bo‘lishi ta’kidlandi.

Tadbir doirasida mehmonlar Konfutsiy institutining so‘nggi 20 yil davomida erishgan yutuqlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan ham tanishdilar.

https://gov.uz/edu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven + four =